TUTASH TOJBARGLILAR
TUTASH TOJBARGLILAR – ikki urug’pallali yopiq urug’li o’simliklarning kichik sinfi. Ba’zi o’simlik gullarining tubi bir oz, ayrimlariniki to’liq, yana boshqalariniki uzunasiga qo’shilib o’sadi. Ko’pchilik T. ning qo’shilib o’sgan qismi uzun nay, yuqori qismi esa g’ar xil gul bo’lakchalari yoki tishchalar hosil qiladi. Nemis botaniklaridan A. Braun (1864), A. Engler (1892) T.ni ayritojlilardan farqlashni taklif qilgan. Ba’zi botaniklar, jumladan, N. I. Kuznesov, N. A. Bush, A. Taxtajyan ikki urug’pallalilar sinfini ayrim tojbarglilarga va tutashbarglilarga bo’lishni tan olishmaydi.