Tuva tili
Tuva tili — turkiy tillar oilasiga mansub, asosan, RFning Tuva (Tiva) Respublikasida, qisman Mongoliya va Xitoyda tarqalgan til. So’zlashuvchilarning umumiy soni 250 ming kishiga yaqin (1990-y.larning oxiri). T.t. Markaziy (adabiy tilga asos bo’lgan), g’arbiy, shim. Sharqiy va Jan.Sharqiy lahjalarga bulinadi. T.t.ning fonetik xususiyatlari: kuchli va kucheiz undoshlar oppozisiyasi; qisqa, cho’ziq va faringal (bo’g’iz) unlilarining mavjudligi (at — ism, AAT — otmok,, bosib chiqarmoq, AAT — uy hayvoni; xaar — qor) va b. Morfologik xususiyatlari: jo’nalish kelishigining maxsus shakli (dagje — togga), shart maylining murakkab shakli (barzo’mza — agar men borsam), chegara mayli, birgalik ravishdosh shakllarining mavjudligi va b. Sintaksisi ot kesimning qad. shakli qo’llanishi bilan ajralib turadi (men bilir kiji men — men bilaman, bilag’onman). Leksikasida mo’g’ul tilidan o’zlashgan so’zlar ko’p. Adabiy T.t. 20-a.ning 30— 50-y.larida shakllangan. Yozuvi 1930-41 y.larda lotin grafikasi asosida bo’lgan, 1941 y.dan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.