TUVERQIR, Tuarqir
TUVERQIR, Tuarqir — Turkmanistonning Bolxon viloyatidagi past tog’li hudud. Shim.Sharqda uchtagan qumligi, Jan.g’arbda Chilmamedqum, shim.g’arbda Qorabo’g’ozbo’yi tekisligi va Jan.sharqsa qad. O’zbo’y o’zani orasida. Bu erda Begendzaaliqir (300 m), Qo’ymattog’ (305 m), Tuverqir (295 m), Begiarslon (460 m), Irsiraebobo (274 m), Oqqir (435 m), Takejik (356 m) va b. tog’lar bor. Cho’lzonasida.Yiliga 95—100mmyog’in tushadi. Yanv.ning o’rtacha trasi -2, -4°, eng past tra -24°. Iyulning o’rtacha trasi 30°, eng yuqori tra 45°. T.da bo’zqo’ng’ir qumoq va qumloq tuproqlar, ondasonda sho’rxok, qumli cho’l tuproqlari, taqir va ko’chma qumlar uchraydi. Tetir, shuvoq, biyurg’un, boyalich, qumlarda yulg’un, cherkez, oq saksovul, rang, sarsazan o’sadi.