TUXUMXUR ILONLAR

TUXUMXUR ILONLAR (Dasypeltidae) — suvilonsimonlar kenja oilasi. Gavdasi 80 sm cha. Oldingi umurtqalarining pastki o’simtasi ponasimon yiriklashib, qizilo’ngach bo’shlig’iga botib kirgan. T.n. qush tuxumini butunligicha yutadi. Tuxum qizilo’ngachga tushgach, ilon keskin to’lg’anib harakatlanishi tufayli tuxum umurtqa o’simtalariga tegib sinadi va uning ichidagi moddalar oshqozonga o’tadi; po’chog’i esa og’iz orqali tashqariga chiqariladi. Bittadan turi bo’lgan 2 urug’i bor. Afrika tuxumxo’r iloni tropik va Jan. Afrikada, hind tuxumxo’r iloni Hindiston ya.o.ning shim.Sharqiy kismida tarqalgan.