Tuyaqorin

Tuyaqorin (Heliotrapium lasiocarpum L. et. M.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli o’t; bo’yi 30-60 sm, sershox. Ildizi o’q ildiz; suet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dag’al tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, to’pgul o’qiga bir tomonlama o’rnashgan. Urug’i oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan etishadi. Apr.da unadi, may oyida gullaydi: urug’i iyulning 2yarmida pishadi. Urug’idan ko’payadi. Nihollari apr.da ko’karib chiqadi. Sent. oxirida quriydi. T. yo’l yoqalarida, uvat va marzalarda, ayniqsa, bahorikor ekinlar orasida ko’p o’sadi. Poya va barglarida 0,4%, urug’ida esa 1 % ga yaqin zaharli alkaloidlar (geliotrin va laziokarpin) bor. Etilgan urug’lari asta to’kilib tuproqni, Ayn iksa, hosili kech yig’ishtirilgan donni ifloslaydi. T. urug’i aralashgan bug’doy, arpa, tariq va b. donlarni iste’mol qilish natijasida odam va hayvonlar zaharlanishi mumkin. O’rta Osiyoda Tarkalgan. Tashlandiq erlar, o’tzor, bog’va uzumzorlarda o’sadi. Kurash choralari: urug’lik material tozalanadi; ekinlar o’toq qilinadi; g’alla ekinlariga 2,4—D tipidagi gerbitsidlar purkalanadi.