TUYASIMONLAR
TUYASIMONLAR (Camelidae) qadoqoyoqlilar turkumi oilasi. Oyoqlari 2 barmoqli, yon barmoqlari reduktsiyaga uchragan. 3 va 4 kaft va tovon suyaklari birga qo’shilgan. Yuqori labi ayri, oshqozoni murakkab (“kavshovchi”). Eritrositlari oval shaklda bo’lishi bilan boshqa sut emizuvchilardan farq qiladi. 2 urug’ (tuyalar va lamayaar)ni o’z ichiga oladi.