TUYDUK
TUYDUK — turkman xalq puflama musiqa cholg’usi. 3 ta turi mavjud. Gargi Tuyduk (qarg’a — qadimgi turkiycha — qarg’alash, insjinslarni haydash so’zidan) — to’g’ri ushlab chalinadigan nay. Qozoq sibizg’asi, boshqird qurayiga yaqin. Qamishning maxsus turidan ishlanadi. Uzunligi 750-800 millimetr, diametri — 1820 millimetr. Tovushi kuchli emas, o’ziga xos xiraroq tusga ega; asosiy tovush bilan birga qo’shimcha shipillaydigan tovush eshitiladi. Oldingi davrlarda tabobat (davolash), jodu marosimlarida keng qo’llanilgan (nomi shundan). Hozirda muayyan mavzuli kuylar, afsona va Doston kuylari ijro etiladi. Dilli Tuyduk (tilchali Tuyduk) — tilchali nay. Uzunligi 160 millimetr atrofida, diametri — 68 millimetr. 3-4 ta teshigi mavjud. O’tkir va ping’illagan ovozga ega. Xalq qo’shiqlari, oddiy kuylar ijro etiladi. Goshadilli Tuyduk (qo’shaloq tilchali Tuyduk) —o’zbek qo’shnayiga yaqin.