Tuyoqli

Tuyoqli — o’zbeklarning yuz qabilasidagi eng yirik urug’laridan biri. 19-a.da, asosan, Zarafshon vodiysida yashashgan. Bu erga ular Sirdaryo bo’ylaridan taxm. 17-a.da ko’chib o’tishgan. 18-a.ning oxiri — 19-a.ning boshida T. lar o’troq hayotga o’tganlar. 19-a.ning 70-y.larida ular O’rta Zarafshon vodiysining 47 qishlog’ida istiqomat qilgan. Ularning soni 12 mingdan 20 minggacha bo’lgan. T.lar quyidagi mayda urug’larga bo’lingan: Chubot, uray, molakeseki, mirzakeseki, changal, gurach. 1921 y. ma’lumotlariga qaraganda, T. lar o’z ichiga quyidagi urug’larni olgan: alamon, Jaboy, yumaloqbosh, uray. T. larning bir qismi Zarafshon vodiysi qipchoklarining tarkibiga kirgan. Hozirda T.larning avlodlari, asosan, Samarkand viloyatining Bulung’ur, Jomboy va Urgut tumanlarida, Jizzax viloyatining G’allaorol va Baxmal tumanlarida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida va Tojikistonning Panjakent tumanida yashaydi. Ad. Shoniyozov K. Sh., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T., 1974.