Tuyuq

Tuyuq — turkiy xalkdar mumtoz she’riyatidagi lirik janr. T. 4 misrali she’r bo’lib, aruzning ramal bahrida yoziladi; AABA, ba’zan abvb tarzida va favqulodda xrllarda — aaaa o’lchovida qofiyalanadi. T. so’z o’yini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz T. lar ham bor. T.ning dastlabki namunalari xalq og’zaki ijodida uchraydi. Bizgacha etib kelgan T.lar Burhoniddin Sivosiy (14-a.) qalamiga mansub. “Qutadg’u bilig” da ham tajnisli to’rtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy “mezon ulavzon” asarida T.ni birinchi marta janr sifatida belgilab o’tgan va shakllantirgan. Bobur o’zining “aruz risolasi” asarida T.ni turkiy she’riyat shakllaridan biri sifatida baholagan. T. hoz. she’riyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda ma’ni, turkmanlarda la’li. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-a. shoirlaridan G’. G’ulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va b. ijodida T. janrining etuk namunalari mavjud. Ad.: Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar. T., 1976.