Tuzkon
Tuzkon — Jizzax viloyatidagi ko’l. Jizzax sh.dan 56 km shim.g’arbda. Nurota tizmasining tarmog’i — Pistali tog’dan sharqroqda. Ko’l suv va shamol ta’sirida paydo bo’lgan; shim. va shim.G’arb tomonga bir oz cho’ziq. 1969 y. iyul oyida Arnasoy suvi sathining ko’tarilishi natijasida T. tor bo’g’oz orqali Aydar ko’li bilan qo’shilib, uning mayd. 400 km2ga etgan. Ko’lga qili daryosi va Oqbuloq kollektori quyiladi; suv oqib chikmaydi. Mayd. 705 km2. Eng chuqur joyi 20 m. Qirg’oklari, asosan, tekis. G’arbiy va Sharqiy sohillarida tepaliklar uchraydi. Jan. va Jan.Sharqiy sohillari botqoqlik va qamishzor. Ko’l suvining trasi yil davomida o’zgarib turadi. O’rtacha tra yanv.da 0,2°, apr.da 13,2°, iyulda 27,5°, okt.da esa 16,4°. Suvi kuchli minerallashgan: shim. qismining suvi tarkibida 4,0 g/l, Jan. qismida 4,9 g/l tuz bor. Baliqchilik rivojlanmoqda.