Tven (Twain) Mark

Tven (Twain) Mark (taxallusi; asl ismsharifi Semyuel Lengxorn Klemens) (1835.30.11, Florida, Missuri shtati — 1910.21.04, Redding, Konnektikut shtati) — amerikalik yozuvchi, jaqon adabiyotining yirik namoyandasi. O’spirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechirgan, turli kasblar bilan shug’ullanib, tirikchilik o’tkazgan, keyinchalik gaz. tahririyatlarida ishlagan. Folklor syujeti asosida yozilgan “Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa” asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazilmutoyibasi va hayoti tasvirlangan. 1867 y.da Evropa va Falastin bo’ylab sayohat qilgan. “Chet el-lardagi soddadil kishilar” (1869) yumoristik ocherklar, “toblanganlar” (1872) ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan. “Zarhal asr” (1873, Ch. Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviysiyosiy korrupsiya haqida, “Yaltiroq asr” (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yo’sinda yozilgan “Eski va yangi hikoyalar” (1875), “Tennesidagi jurnalistika” (1869), “meni gubernatorlikka qanday saylashgani” (1870), “qishloq xo’jaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim” (1870) singari to’plamlariga kirgan asarlarida Amerika xayotining turli qirralari tasvirlangan. “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” (1884) romanida amerikacha xdyotning etuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonmayon mavjudligi ko’zga tashlansa, “Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar” (1889) qissasida ijtimoiy qaramaqarshilik dunyosi krralanadi. “Missisipidagi eski davrlar” (1875), “Missisipidagi hayot” (1883) kitoblari, “Shahzoda va gado” (1882), “ovsar Vilson” (1894), “Tom Soyer chet elda” (1894), “Tom Soyer — josus” (1897), “sirli notanish odam” (1916) kabi roman va qissalar muallifi. Yozuvchining 1895 y. dagi jahon bo’ylab sayohati “ekvator bo’ylab” (1897) kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi, shu jumladan “qorong’ida o’tirgan odamga” (1901), “harbiy ibodat” (1923 y.da nashr etilgan) asarlarida aks etgan. Bolalarga atab yozilgan asarlari bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladi (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, 1876 va b.). “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” asari (A. Pirnazarov tarjimasi) o’zbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Shuningdek, “Geklberri Finning boshidan kechirganlari”, “hikoya va pamfletlar” (1959), “Shahzoda va gado” (1962) va b. asarlari xam o’zbek tiliga tarjima qilingan, maktab darsliklariga kiritilgan. As: Ezma Bessi, T., 1963; Yanki va qirol Artur, T., 1984; Ovsar Vilson, T., 1986. Rahmatulla Inomov.