Tver viloyati

Tver viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1935 yil 29 yanvarda tashkil qilingan. Maydoni 84,1 ming km2. Aholisi 1472,0 ming kishi (2002), asosan, ruslar (94%), shuningdek, ukrain, Karel, Belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 73,1%. Markazi — Tver shahri. Boshqa yirik shaharlari: Rjev, Vishniy Volochyok, 36 ma’muriy tuman, 23 shahar va 33 shaharchadan iborat. Tver viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining Markaziy qismida, Volganing yuqori havzasi suvayirg’ichida joylashgan. G’arbiy qismida Valday qirlari (balandligi 346 metrgacha), Janubi g’arbda G’arbiy Dvina pastligi. Sharqiy qismi tekislik, Janubiy sharqi Volga bo’yi pastligi. Foydali qazilmalardan qo’ng’ir ko’mir, torf, shishasimon qum, ohaktosh, dolomit, mineral o’g’itlar bor: shifobaxsh mineral buloklar mavjud. Iqlimi mo’tadil kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -9°, iyulniki 17°. Yillik yog’in 650 mm. Vegetatsiya davri 190 kunga yaqin. Daryolari: Volga hamda uning irmoqlari: Selijarovka, Tversa, Medvedisa, Mologa va g’arbda G’arbiy Dvina, shimolda Msta. 500 dan ziyod ko’l, shu jumladan, Seliger, Volgo, Peno, Vselug, Sterj; Ivankovskoe, Uglichskoe, Ribinskoe, Vishnevoloskoe suv omborlari bor. Tuproklari podzol, chimlipodzol, gleylipodzol. O’rmon viloyat hududining 50%ni, o’tloqlar katta maydonni egallaydi, 9% maydoni botqoqlik. Bug’u, Yevropa eligi, qo’ng’ir ayiq, bo’ri, tulki, qur, karqur, chil, kaklik, yovvoyi o’rdak va boshqalar yashaydi. Baliq ko’p. Markaziy o’rmon qo’riqxonasi bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: elektr energetika (eng yirik elektr stansiyalari: Konakov issiqlik elektr stansiyasi, Kalinin AES), yoqilg’i va qora metallurgiya sanoati, mashinasozlik (Rossiyadagi yo’lovchi tashuvchi vagonlarning 73%, ekskavatorlarining 48%, hamda yuk vagonlari, Daryo kemalari, dastgohlar, minorali kranlar, temirchilikpress mashinalari, sanoat asbobuskunalari, zig’ir o’rish texnikasi), metallsozlik va to’qimachilik (asosan, ipgazlama hamda ipak va jun matolar). Kimyo va neft kimyosi (kimyo tolasi, plastik shisha va shisha tola, poligrafik bo’yoqlar, sun’iy charm, rezina texnika mahsulotlari), o’rmon va yog’ochsozlik, tikuvchilik, tsellyulozaqog’oz, ko’npoyabzal, shisha (Rossiya oynashisha ishlab chiqarish.ning 6%), qurilish materiallari va chinnifayans, poligrafik tarmoqdari rivojlangan. Eng yirik korxonalari: vagonsozlik va ekskavator zdlari (Tver), “savma” mashinasozlik zavodi, stanoklar ishlab chiqarish (Kimri), “fayans” (Konakovo), minorali kranlar (Rjev), “gidropress” (Nelidovo), “Bejeskselmash”, “Tver manufaktura”, “Ximvolokno”, “Iskoj” (Tver) ktlari, Kalinin AES, Novotveres va Konakov GESlari. Qo’ng’ir kumir, torf qazib olinadi. Bosh sanoat markazlari — Tver, Nelidovo, Vishniy Volochek, Rjev, Bejesk, Torjok, Konakovo. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i — chorvachilik, asosan, sut va go’sht chorvachiligi; cho’chqachilik, qo’ychilik, echkichilik, parrandachilik rivojlangan, zig’ir, kartoshka, sabzavot (karam, sabzi, lavlagi) yetishtiriladi. Don (suli, tariq, bug’doy) va ozuqa ekinlari ekiladi. Volga daryosi va Seliger ko’lida kema qatnaydi. Temir yo’l uzunligi 1790 kilometr. Kattiq qoplamali avtomobil yo’llar uzunligi 14992 kilometr. Tverda xalqaro “Migalovo” aeroporti bor. 5 ta oliy o’quv yurti, 3 teatr, kartinalar galereyasi mavjud. 44 sanatoriy va dam olish muassasasi, shu jumladan, Kashin balneologik kurorti bor. Viloyat hududida biosfera qo’riqxonasi, “Vasilyovo” me’moriyetnofafik muzeyi va boshqa muzeylar, “Tver viloyatining Pushkin joylari” tarixiytabiiy buyurtma hududi joylashgan.