Tyano’pan
Tyano’pan (xitoycha — osmono’par tog’lar, turkiy nomi — Tangritog’) — O’rta va Markaziy Osiyodagi eng baland va uzoq masofaga cho’zilgan tog’ tizmalari sistemasi. G’arbiy qismi Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonda, Sharqiy qismi esa Xitoy hududidadir. Tyano’pan bir necha tog’ tizmalaridan tashkil topgan bo’lib, ularning ko’pchiligi kenglik bo’ylab, 2550 kilometrdan ziyod masofaga cho’zilgan. Tyano’pan shimolda Mo’yinqum qumliklari, ili botig’i, Jung’ariya Olatovi, Janubda Farg’ona va Tarim botiqlari, g’arbda Sirdaryoning o’rta qismi, sharkda Gobi cho’llari va Beyshan tog’larigacha yetib borgan. Shimolda Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jung’ariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, Janubi g’arbda olay tizmasi bilan tutashadi. Ba’zi geolog va geofaf olimlar Jung’ariya Olatovi va Olay-Hisor tizmalarini ham Tyano’pan tarkibiga kiritadilar. Tyano’panga kiruvchi ko’pchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yo’nalish bo’ylab, ba’zi tizmalari esa (Qoratog’, Farg’ona, Nurota va boshqalar)meridianal yo’nalishga yaqin cho’zilgan. Eng baland joyi Qirg’iziston va Xitoy chegarasidagi g’alaba cho’qqisi (balandligi 7439 metr). Uning yaqinida balandligi 6995 metrli Xontangri cho’qqisi ko’tarilgan. Tog’ tizmalari shu cho’qqilardan G’arb va Sharq tomonga elpig’ichsimon tarmoqlanib, pasayib boradi. Tyano’pan orografik jihatdan shim. Tyanshan, Markaziy (yoki ichki) Tyanshan, G’arbiy Tyanshan va Sharqiy Tyanshanga bo’linadi, Shimoliy Tyano’panga Qirg’iziston, Talas Olatovi, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov tizmalari va Chu hamda Talas vodiylari kiradi. Shimoliy Tyano’pan Markaziy Tyano’pandan berk botiklar — Issiqko’l, Qo’chqor, Jumol, Susamir, Ketmontepa botikdari bilan ajralib turadi. Markaziy (Ichki) Tyano’pan shimolda Terskay Olatovi, Janubi Sharqda Qaqshaltov va g’arbda Farg’ona tizmasi orasidagi juda katta maydonni egallaydi. U sharqda Xontangri tog’tuguniga borib taqaladi (ba’zi tadqiqotchilar, masalan, N. A. Gvozdeskiy Tyano’panning eng baland qismi bo’lmish bu tog’ tuguni va uning atroflarini Markaziy Tyano’pan deb atab, undan G’arbdagi tizma va vodiylarni Ichki Tyano’panga kiritadilar). Ularning oralig’ida tektonik botiqlar (Norin, Otboshi, olabug’a, Jum/al, To’qtag’ul va boshqalar) joylashgan bo’lib, ular Tyano’pan “sirtlari” deb ataladi. Tektonik botiqlarning balandligi g’arbiy qismida 2000-2500 metr, sharqida 4000 metrga yetadi. Yer yuzasi keng va tekis yassi vodiylar bo’lib, daryo va qadimgi muzliklar qoldirgan yotqiziqlar bilan qoplangan, daryolar bilan o’yilgan. Ayrim botiqlarda ko’llar (So’nko’l, Chatirko’l) hosil bo’lgan. G’arbiy Tyano’pan Janubi g’arbga tomon yelpig’ichsimon taralib ketgan Qorjontov, Ugom, Piskom, Ko’ksuv, Chatqol va Qurama tog’ tizmalaridan iborat. Bular bir-biridan Piskom, Chorvoq, Yuqori Chatqol, Chirchiq tog’oralig’i botiqlari orqali ajralgan. Sharqiy Tyano’pan — tog’ sistemasining Xitoy hududidagi qismi. U deyarli kenglik bo’ylab yo’nalgan ikki guruh tog’tizmalaridan iborat. Shim. guruhga Boroxoro, IrenXabirga (eng baland joyi 5500 metr), Sanji Muztog’, Bogdoshan (Bogdoo’la tog’i -5445 metr), Barqultog’, Mechino’la, Qarliqtog’ tizmalari; Janubiy guruhga — Xoliqtov, Ko’kteketov, Boroxotan, Quruqtog’va Qiziltog’ kiradi. Sharkiy Tyanshanning tog’etagida Turfon (chuqurligi — 154 metr) botig’i joylashgan. Tyano’panning balandtog’ qismi serqirra va qoyali, qadimgi va hozirgi zamon muzliklarining ishi natijasida kelib chiqqan Alp tipidagi relef shakllari (Trog, tsirk, karrlar), ularning yon bag’irlarida esa qurumlar, vodiylar tubida morena (muzlik yotqiziqlari) uyumlari keng tarqalgan. 3200-3500 metrdan yuqori qismlarida ko’p yillik muzliklar tarqalgan bo’lib, ularning qalinligi 20-30 metrdan oshmaydi. Faqat Oqsoy — Cho’tirqo’l botig’ining ba’zi qismlarida 100 metrdan ziyod. Dengiz sathidan ancha balandda joylashgan botiqlarda gidrolakkolitlar, torf do’nglari hosil bo’lgan, yon bag’irlarida soliflyukatsiya (yuzlama surilmalar) bo’lib turadi. Yaqin geologik o’tmishda qadimgi muzliklardan bo’shagan botiqlarda har xil kattalikdagi ko’llar, ba’zilarida botqoqliklar vujudga kelgan. O’rtacha balandlikdagi va past tog’li qismlarida oqar suvlarning ishi, gravitasion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relef shakllari (dara, terrasa, surilma, konussimon yoyilma va boshqalar) keng tarqalgan. Tyano’panning bu qismida turli balandliklarda tekislangan yuzalar, tizmalarning etaklarida adirlar, yirik konussimon yoyilmalar, bir necha o’nlab kilometrga cho’zilgan prolyuvial shleyflar uchraydi. Tyano’pandagi tog tizmalari kuchli burmalangan tokembriy, paleozoy cho’kindi, metamorfik va otqindi tog’ jinslari—slanes, qumtosh, ohaktosh, marmar, gneys, granit, granodiorit va boshqalardan tashkil topgan, botiklar, daryo vodiylari, adirlar, qisman, tizmalar yon bag’irlari mezozoy va kaynozoy davrlari cho’kindi tog’jinslari bilan to’lgan. Tyano’pan turli tektonik strukturalar (antiklinoriy, antiklinal, sinklinoriy, sinklinal) shaklida kaledon va gersin burmalanishi bosqichlaridan hamda yangi tektonik harakatlar (gorst, graben) ta’sirida vujudga kelgan. Shu bois Tyano’panda ikki yirik struktura: kaledonitlar va gersinidlar mavjud bo’lib, ular bir-biridan chukur yer yoriqlari orqali ajralgan. Kaledonitlarga Shimol, kisman Markaziy va Sharqiy Tyano’pandagi tizmalar (ketmon, Kirgiz, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Talas Olatovi, Susamir, Bogdoo’la va boshqalar), gersinidlarga Krratov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama, Qaqshaltov, Xoliqtov, Farg’ona va boshqa tizmalar kiradi. Gersin burmalanishi bosqichidan keyin Tyano’pandagi tizmalar tektonik harakatlarning juda susayishi natijasida yassilanib tekislangan (peneplenga aylangan). Mezozoy erasi, paleogen davrida va neogenning boshlanishida Tyano’pan platforma bosqichini o’tagan. Neogen davrining oxiri va to’rtlamchi davr mobaynida Tyano’panda yangi tektonik harakatlar boshlanib, ular hozirgi ham davom etmoqda. Mazkur tektonik harakatlar natijasida Tyano’panning hozirgi relefi shakllanmoqda, kaledon va gersin burmalanishlari davrlarida paydo bo’lgan antiklinoriy, antiklinal va gorstlar o’rnida tog’ tizmalari, sinklinoriy, sinklinal va grabenlar o’rnida esa mezozoy, paleogen, neogen va to’rtlamchi davr cho’kindi yotqiziqlari bilan qoplangan tog’oralig’i botiqlari vujudga kelgan. Yangi tektonik harakatlar differentsial xususiyatga ega bo’lib, ularning amplitudasi 8-10 kilometrdan ziyod bo’lgan. Tyano’pan nisbatan kuyi geografik kengliklarda va Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashganligi, deyarli hamma tomondan cho’llar bilan o’ralganligi, relefining murakkabligi, ko’p qismi katta balandliklarga ko’tarilganligi, tizmalar yon bag’irlari turli eskpozisiyaga ega bulganligi sababli iklimi umuman kontinentaldir. Tyano’panning asosiy qismi mo”tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Janubiy g’arbiy va Janubiy qismlari subtropik iklim mintaqasi chegarasida joylashganligi sababli uning quyi balandliklariga quruq subtropiklarning ta’siri seziladi. Tyano’panga nam havo oqimlari g’arbdan keladi. Relefining murakkabligi va kuchli parchalanganligi uning hududida issiqlik va namlikning har xil taqsimlanishiga sabab bo’lgan. Tizmalarning etaklaridagi vodiylarda iyulning o’rtacha temperaturasi 20°-25°, o’rtacha balandlikdagi vodiylarda 15°— 27°, baland tog’li qismlarida 5° va undan ham past. Eng yuqori temperatura 30°— 35° ga yetadi. O’rtacha balandlikdagi vodiylarda yanvarning o’rtacha temperaturasi -6° dan past, ayrim vodiylarda -16°, -20°. Qishda baland qismlarida (muzlik va doimiy qorlar tarqalgan) temperatura -30° gacha pasayadi. Tyano’panda yog’inning taqsimlanishida tizmalarning balandligi, yo’nalishi, yon bag’irlarining ekspozitsiyasi katta rol o’ynaydi. Tizmalar etaklaridagi tekisliklarda yillik yog’in 150 — 300 mm, tizmalar etaklari va past tog’larda 300-450 mm, o’rtacha balandlikdagi qismida esa 800-1600 mm. Tog’ oralig’i botiqlarida yog’ingarchilik kam (100-400 mm). Tyano’panda eng ko’p yogin tizmalarning shimol, shimoliy g’arbiy, Janubiy g’arbiy yon bag’irlarida (2000 mm va undan ziyod). Yog’inning asosiy qismi Tyano’panning katta qismida yoz oylarida, Janubiy qismida esa bahor oylarida tushadi. Yog’inning ko’p qismi qor shaklida yog’adi va uzoq vaqt saqlanib turadi. Qor qoplami tizmalar etaklarida 2-3 oy, o’rtacha balandlik qismida 6-7 oy, baland tog’li qismida esa 9-10 oy saqlanadi. Tog’ oralig’i botiqlarida qor qoplami qalin emas. Tyano’panda qor chizig’i shimoliy g’arbida 3600— 3800 metrdan, markazida 4200-4450 metr balandlikdan o’tadi. Unda doimiy qor va muzliklar ko’p (eng kattasi Markaziy Tyano’pandagi Inilchiq muzligi). Muzliklarning eng katta markazlari Xontangri, Terskay Olatovi, Qaqshaltov tog’ tugunlaridir. Tyano’pan — O’rta Osiyoning ichki suvlari shakllanadigan hududlaridan biri. Daryolari, asosan, muzlikqorlarning erishidan, yomgir, yer osti suvlaridan to’yinadi va berk havzalarga (Orol, Issiqko’l, Balxash va boshqalar) quyiladi, yoki tekislik, tog’oldi va atrofidagi cho’llarga chiqib, yerga singib ketadi va turli xo’jalik maqsadlari uchun sarflanadi. Tyano’panning yirik daryolariga Sirdaryo va uning irmoqlari (Norin, Qoradaryo, Ohangaron, Chirchiq, Keles, Aris va boshqalar), Chu va irmoqlari (Juvonariq, Qo’chqor), Talas va irmoqlari (Tekes, Kunges, qosh, Charin va boshqalar), Juuka, Jettio’g’uz, Tup, Tarim va irmoqlari (Oqsuv, Tavkandaryo, Sarijaz) va boshqalar kiradi. Tyano’pan daryolarida bir qancha gidrotexnik inshootlar: suv omborlari, gidroelektr stantsiyalari — To’qtag’ul, Uchqo’rg’on, Qayroqqum, Chorvoq va boshqalar barpo etilgan. Tyano’panda ko’l ko’p. Ularning eng yiriklari tektonik ko’llar: Issiqko’l, Sarichelak, So’nko’l, Bagrashko’l, Cho’tirko’l. Ulardan tashqari Daryo yon bag’irlarining qulashi, surilishi, muzliklarning ishi natijasida vujudga kelgan ko’plab kichik ko’llar (aralash, Qug’ala, Ixnach, toychoq, Jasilko’l va boshqalar) mavjud. Tyano’panda ko’plab muzliklar bor. Muzliklarning umumiy maydoni 10,2 ming km2 chamasida. Sharqiy Tyano’panda ham muzlik ko’p, ularnig umumiy maydoni 2,7 ming km2 dan ziyod, IrenXabirga va Xoliqtov tizmalarida ular, ayniqsa, keng tarqalgan. Tyano’panda muzliklarning daraxtsimon, vodiy, Karr, tsirk, osilib turuvchi, egar, tekis yuzali, shleyf kabi tiplari tarqalgan. Hozirgi davrda iqlimning global o’zgarishi natijasida muzliklar uzunligi, maydoni qisqarib bormoqsa. Tyano’pan tuproq o’simlik qoplami, hayvonot dunyosi, tabiiy landshaftlariga ko’ra, 4 geografik oblastga bo’linadi. Bu oblastlar, asosan, orografik birliklarga to’g’ri keladi. Shimoliy Tyano’pan — geologik jihatdan eng qadimgi, iqlimi keskin kontinental. Tuproqo’simlik qoplami va hayvonotida boreal tabiatning ta’siri bor; tipik tog’o’tloq va qora tuproqsimon tuproklar ko’p uchraydi. Oblast uchun Sibir oqqarag’ayi, Tyano’pan qoraqarag’ayi va turli o’tboshoqli o’simliklar xos. Sut emizuvchilardan: o’tkirtish, uzunburuncha, kutora, har xil sichqonlar; qushlardan — qizilishton, kedrovka, qironqora va qirg’iy ko’p. Qoraqarag’ay o’rmonlarida silovsin, qo’ng’ir ayiq, bo’ri, tulki, oq sichqon yashaydi. Balandlik mintaqalari: 700-900 metr — shuvoqbetagachalov o’sadigan qurg’oqchil dashtlar; 900 — 1700 metr — boshoqli o’tlar tarqalgan tog’ oldi dashtlari; 1700 — 3000 metr — qoraqarag’ay o’rmonlari, butazorlar, baland bo’yli o’tlar, o’tloq dashtlar hamda tog’boshoqli dashtlari; 3000 — 3500 metr subalp o’tloklari va o’tloq dashtlar hamda tog’ boshoqli dashtlari; 3500 — 4000 metr. Alp o’tloqlari va o’tloqdashtlari, kobreziya yalangliklari; 4000 — 5000 metr hozirgi zamon muzliklari mintaqasi. Markaziy Tyano’panda kontinentallik yanada kuchayadi, yillik yog’in miqdori kamayadi, sovuqsiz davr qisqa. Sirtlar keng tarqalgan. Tog’qoratuprog’i, tog’ o’tloqidasht, sirtlarda — dashto’tloqi tuproqlari keng tarqalgan. O’simlik qoplamida tog’sovuq cho’li va dashtlarning kserofit usimliklari xos. Tog’ cho’li va dashtlarda qoplon, arxar, dasht sassiqko’zani, qo’shoyoq, olaxurjun va tuvaloqdar yashaydi. Pastdan yuqoriga tomon quyidagi landshaft mintaqalari almashinib boradi: chala cho’l; quruq va turli o’tboshoqlilar o’sadigan dashtlar; subalp butazorlari, o’tloqlari, o’tloq dashtlari va dashtlari; Alp o’tloqlari, balandtog’o’tloq dashtlari, dashtlari qamda cho’llari; nival mintaqa. G’arbiy Tyano’pan relefining nihoyat darajada parchalanganligi, yog’in miqdorining ortishi, G’arbiy Osiyoga xos hayvon va o’simliklarning ko’p uchrashi bilan ajralib turadi; tabiatida subtropiklarga xos xususiyatlar mavjud. Balandlik mintaqalari ham o’ziga xos (Farg’ona tog’ tizmasining Janubiy yon bag’rida) 600 — 800 metrdan 1500 metrgacha — tog’ etagi tekisliklari; 1500 — 2000 metr — siyrak archazorlar bilan kserofil butazorlar uchraydigan bug’doyiqshuvoqbetagali dashtlar, 2000 — 3000 metr keng o’rmonlar; 3000 — 3500 metr baland bo’yli subalp o’tloqlari; 4000 — 5000 metr — nival mintaqa. Sharqiy Tyano’panda Markaziy Osiyo tog’lariga xos landshaftlar tarqalgan. Kontinentallik juda kuchli. Namlik kam. Tog’botiqlari ham qurg’oqchil; sho’rxoklar uchraydi. Shimoliy tizmalardagina yillik yog’in miqdori 300 mm gacha, Markaziy va Janubiy tizmalarda 50-100 mm. Yozgi temperatura 20° — 25° gacha; yanvarning trasi tog’ vodiylarida -7°, -10°, tog’ tepalarida esa -25°gacha; qishi uzoq davom etib, quruq keladi: tog’etaklari dasht va chala cho’llardan iborat, yon bag’irlarida (1800 — 3000 metr) qarag’ay, qoraqarag’ay, tog’terak va qayrag’och o’rmonlari bor. 3000 metrdan baland joylari yozgi yaylov. Hayvonlardan Maral, tog’echkisi, arxar, qobon va Bars yashaydi. O’rmonlar va Daryo bo’ylarida qush ko’p. Foydali qazilmalardan mis, qo’rg’oshin, Nodir metallar, toshko’mir konlari bor. Rangli metall konlaridan Olmaliq mis koni, Konsoy, Achchisoy qo’rg’oshin konlari mashhur. Qurama tog’laridan volfram va mishyak, Qoratovdan fosforit qazib olinadi. Qurilish materiallari, tuzlar, termal va mineral suvlar mavjud. Tyano’panda bir qancha qo’riqxonalar: Issiqko’l, Olmaota, Oqsuvjabag’li, Sarichelak, Chatqol tog’o’rmon qo’rikxonalari, shuningdek, bir qancha buyurtma hududlar (jumladan, Janubiy G’arbiy Tyano’panning yong’oqmeva o’rmonlari) bor. Ad.: Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Shuls V.L., Mashrapov P., O’rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Shuls S . S., Analiz noveyshey tektoniki i relef TyanShanya, M., 1948; Mavlonova G’. O., Mamatqulov M . M ., O’rta Osiyo toklarining qadimgi muzliklari, T., 1972;K,oriev M ., O’rta Osiyo tabiiy geofafiyasi, T., 1968; Gvozdeskiy N. A., Mixaylov N. M., Fizicheskaya geofafiya SSSR (Aziatskaya chast), M., 1987; Chupaxin V.M., Fizicheskaya geografiya TyanShanya, AlmaAta, 1964; Shchukin I.S, Geomorfologiya Sredney Azii, M., 1983; Gvozdeskiy N.A., Golubchikov Yu.N., Gori, M., 1987. Murod Mamatqulov.