UBAYDULLAYEV ABDULLA MUHARRAMOVICH
UBAYDULLAYEV ABDULLA MUHARRAMOVICH (1934.20.3, Toshkent) — pulmonolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan tibbiyot xodimi (1998), tibbiyot fanlari Doktori (1974), professor (1979). ToshTIni tugatgach (1958), Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida klinik ordinator (1958 — 60), aspirant (1961 — 64), Assistent (1964-65), dotsent (196670), terapiya fakulteti dekani (1974 — 86), pulmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi mudiri (1978 yildan), 1986 yildan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot instituti Direktori. O’zbekistonda pulmonologlar maktabi asoschisi. Ilmiy faoliyati O’zbekistonda nafas a’zolari kasalliklarining epidemiologiyasi, bronxial astma va o’pka surunkali obstruktiv kasalliklarining genetik omillarini o’rganish, sil kasalligini erta aniqlash, yondosh kasalliklar bilan kechuvchi silning patogenezi, silga qarshi dori-darmonlarning nojo’ya ta’sirini nazarda tutib, bezarar usullardan foydalangan holda kompleks davolashning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga oid. O’zbekiston ftiziatrlar va pulmonologlar ilmiy jamiyati raisi (1986 yildan), Yevropa respirator jamiyati hamda xalqaro sil va o’pka kasalliklariga qarshi kurash Ittifoqi a’zosi (Parij). “Interastma Rossiya — MDH jamiyati” boshqaruv a’zosi (Moskva), Markaziy Osiyo pulmonologlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti. “Vestnik” — Markaziy Osiyo pulmonologlar assosiasiyasi jurnali bosh muharriri (1994). As: Funktsionalnie metodi diagnostiki v pulmonologii (v soavtorstve), T., 1997; o’pka sarkoidozi (hamkorlikda), T., 2000; Bronxialnaya astma (v soavtorstve), T., 2001; nafas organlari kasalliklari, T., 2004.