UCHTEPA

UCHTEPA — Jizzax viloyati Jizzax tumanidagi qishloq, tuman markazi. Tumanning shimolda. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Jizzax (15 kilometr). Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Uchtepada 3 avtokorxona, “Jizzax don mahsulotlari”, qurilish, mahsulotlarni qadoqdash korxonalari, non kombinati va boshqalar bor. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, 2 kasb-hunar kolleji, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, klub muassasalari, madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bog’i mavjud. Stadion, tennis korti faoliyati ko’rsatadi. Markaziy kasalxona, tibbiy dispanser ishlab turibdi. Uchtepa — Jizzax yo’nalishida avtobuslar qatnaydi.