UDEGEYLAR
UDEGEYLAR (o’zlarini udee, udeke deb ataydilar) — Primore va Xabarovsk o’lkalari (Rossiya Federatsiyasi)da yashovchi xalq. 1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Udegey tilida so’zlashadi. Udegeylarda tabiat kuchlari va hayvonlarga sig’inish, shomonlik saqlanib qolgan. Asosiy mashg’uloti — ovchilik, baliq ovlash, jenshen yig’ish.