UFFISI

UFFISI (Uffi zi, aynan “kantselyariya”) — Florentsiyadagi davlat kartinalar galereyasi; Italiyadagi eng yirik to’plamlardan biri. Hukumat kantselyariyasi uchun qurilgan binoga joylashgan (1560-85, me’mori J. Vazari va B. Buontalenti). Medichilar sulolasi to’plami zaminida shakllangan Uffisiga 1575 yilda asos solingan. Uffisi 13— 18-asrlar Italiya rangtasvir asarlarining jahondagi eng boy to’plamiga ega (Duchcho, Jotto, Uchchello, Pero della Francheska, bottichelli, Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Tisian, Karavajo va boshqalar), antik san’at, frantsuz, nemis, niderland, golland va flamand san’atining ajoyib namunalari saqlanadi. Evropa rassom- larining avtoportretlari, ayniqsa, nodirdir.