UGORLAR

UGORLAR — til jihatdan qardosh bo’lgan Ural ortidagi mansilar va xantilar, Dunaydagi vengerlar (mad’yarlar)ning umumlashma nomi. Finugor til guruhiga mansub ugor tillarida so’zlashadi. 12-asrga oid rus manbalarida vengerlarning ajdodlari “ugra”, “ugor”, Xanti va mansilarni esa, “Yugra” deb atalgan. Keyinchalik “Yugra” nomi, asosan, xantilarni anglatgan.