Uitmen (Whitman) Uolt

Uitmen (Whitman) Uolt (181931.5, Uestxils, Xantington, Nyu York shtati— 1892. 26.3, Kamden, Nyu Jersi shtati) — amerikalik shoir. Ijodida demokratik ideallarni mujassamlashtirgan. Uitmenning “maisa yaproqlari” (1855 — 91) to’plamiga shoirning eng yaxshi asarlari kiritilgan. Asarning asosiy g’oyalari Transtsendentalizm ta’limoti bilan bog’liq: koinot uzviyligi (garmoniyasi), do’stlik qadriyatlari, insoniyat birdamligi, cherkov aqidalariga qarshi isyon va boshqalar. “Yangra, nog’ora!”(1865) she’riy to’plami 2-jahon urushiga bag’ishlangan. Ko’pgina olimlar Uitmenni dunyo demokratiyasi shoiri deb ta’riflashgan. Uning she’rlarida ijodkor xalqning kelajakda mukammal demokratik jamiyat qurishiga ishonch ohanglari yangraydi. Uitmenning she’riyatga yangi mazmun va yangi shakl zarurligi haqidagi fikrlari “ko’rgazma haqida qo’shiq” (1871) dostonida o’z aksini topgan. Uitmen o’z she’riyatining asosiy maqsadini barcha xalqlarning tengligi va qardoshligini kuylash deb ta’kidlagan. Yozuvchi o’z ijodida yangi, yosh millat shakllanishini aks ettirishga harakat qilgan. Dadil novator bo’lgan: she’rga prozaik nutq unsurlarini olib kirgan. Vaznsiz va qofiyasiz erkin she’rni yanada takomillashtirgan. Uitmen nasri ham uning she’riyati bilan bog’liq. Nasriy asarlarida ham butun insoniyat birligi goyalarini ilgari surgan, fan va texnika taraqqiyotiga optimistik nazar bilan qaragan. Ayrim she’rlari Aziz Sayd tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Ad.: Venediktova T.D., Poeziya Uolta Uitmena, M, 1982; Chukovskiy K.I., Moy Uitmen, M., 1969; Mendelson M., Jizn i tvorchestvo Uitmena, M., 1969.