UJDA

UJDA — Marokashning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar. Ujda viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 365,6 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Oziq-ovqat, metallsozlik, yog’ochsizlik va kimyo sanoati korxonalari, tsement zavodi, issiqlik elektr stansiyasi bor. Tsitrus meva va chorva mollarining yirik savdo markazi. Shahar yaqinidan toshko’mir, qo’rg’oshinrux rudalari qazib olinadi.