UKLONSKOVIT

UKLONSKOVIT — suvli sulfatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi 1964 yil Amudaryo quyi oqimi atroflaridagi neogen gillari orasidan topilgan. A. S. Ukloneniy nomi bilan atalgan. Qattiqligi 2, zichligi 2,4 g/ sm3. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yapaloq cho’ziq prizmatik kristallar holida bo’ladi. Rangsiz, shaffof, shishasimon yaltiraydi. Suvda erimaydi. glauberit, astraxanit, poligalit minerallari bilan assosiasiyada uchraydi. Neogen yotqiziqlari paydo bo’lishi va undan keyingi diagenetik jarayonlar natijasida paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi.