ULAN-BURGASI
ULAN-BURGASI – G’arbiy Baykalorti (Buryatiya Respublikasi)dagi tog’ tizmasi. Janubi g’arbdan shim.sharqqa cho’zilgan. Turka va Kurba daryolari oralig’ida. Uzunligi 200 kilometrga yaqin. Balandligi 1400 -1800 metr, eng baland joyi 2049 metr (Xurxag togi). Granit jinslari yorib chiqqan qadigmi Metamorfik jinslardan tashkil topgan. Tog’ etaklarida va Janubiy yon bag’irlarida 700 — 800 metr balandlikkacha tog’dasht o’simliklari, yuqorida tilog’ochli tayga, 1600 metrdan yuqorisi qurumlar bilan qoplangan.