Ulotriks (Ulothrix)

Ulotriks (Ulothrix) — ulotriksdoshlar oilasiga mansub ipsimon shoxlanmagan ko’p hujayrali yashil suvutlar turkumi. Hujayrasida bitta tasmasimon xromatofor, bitta yoki bir nechta pirenoid, bitta yadro bor. Bir vaqtning o’zida jinssiz va jinsiy ko’payadi. Ayrim hujayralarida to’rt xivchinli zoosporalar etishsa, qo’shni hujayralarida ikki xivchinli izogametalar hosil bo’ladi. Zigotasi reduktsion bo’linib, gaploid hujayralar hosil qiladi. Ularning biridan yangi Ulotriks unib chiqadi Ulotriksning 25 turi chuchuk suvlar va dengizlarda tarqalgan.