ULTIMATUM

ULTIMATUM (lot. ultimus – eng oxirgi, so’nggi) — diplomatik aloqalarni uzish yoki boshqa choralar ko’rish bilan ogohlantirib, bir davlatning ikkinchi davlatdan ko’rsatilgan muddatda qo’yilgan shartlarni bajarilishini qat‘iy talab etishi. Ultimatum qo’ygan hukumat agar bu talab ko’rsatilgan muddatda bajarilmasa muayyan choralar ko’rishini bildiradi. Masalan, diplomatik munosabatlarning uzulishi, repressiya yoki harbiy harakatlarning qo’llanilishiga olib kelishi mumkin.