ULVA
ULVA (Ulva), dengiz salati — ulvadoshlar oilasiga mansub suvo’tlar turkumi. Tanasi yaproqsimon, yaxlit ikki qavat hujayralardan tuzilgan. Uzunligi 30-150 santimetrga yaqin. 20 turi, asosan, subtropik va mo”tadil mintaqalarda tarqalgan. Yaponiya va boshqa ba’zi mamlakatlarda iste’mol qilinadi.