Umanskiy Zinoviy Markovich
Umanskiy Zinoviy Markovich (1906.28.1, Litin shahri, Ukraina — 1985, Toshkent) — provizor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967); farmatsevtika fanlari Doktori (1948). Vinnisa farmasevtika institutini tugatgan (1929). Kiyev farmatsevtika instituti aspiranta, ayni vaqtda shu int analitik kimyo kafedrasida assistent, anorganik kimyo kafedrasida dotsent (1932-35). Dnepropetrovsk farmasevtika instituti farmasevtik kimyo kafedrasida dosent (1936-39), Leningrad kimyo farmasevtika ilmiy tadqiqot institutining analitika bo’limi rahbari (1939-41). 1941 yildan Toshkent farmasevtika instituti dorilar texnologiyasi va Galen preparatlari kafedrasining tashkilotchisi va mudiri hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti Farmasevtika kafedrasi mudiri (1959-66). Ilmiy ishlari tibbiyot-farmasevtika sanoati mahsulotlarining texnik sharoiti va farmakopeya standartlarini o’rganishga oid.