Umarbekov Javlon Yusupovich
Umarbekov Javlon Yusupovich (1946.17.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi akademik (1997), O’zbekiston xalq rassomi (1989), O’zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi (1982). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va Butunittifoq davlat kinematografiya inti (1972) ni tugatgan. Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida bosh rassom (1972 — 73), Toshkent san’at institutida pedagog (1974-76), 1976 yildan O’zbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi a’zosi, raisi (1984-87). Umarbekov ijodi serqirra, mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor: ilk ijodi realistik san’at an’analari asosida ijtimoiy fikrlarni ifodalashdan asta Sharq, eng avvalo O’rta Osiyo miniatyura san’ati an’ana va uslubini Yevropa realistik san’at an’analari bilan uyg’unlashtirishga, hissiy kechinmalarini erkin ifodalashga o’ta bordi. Jahon tasviriy san’atidagi uslub va izlanishlar hamda o’zbek tasviriy san’atida sodir bo’lgan plastik izlanishlar u.ning asarlarida o’ziga xos echimni belgilashda sezilarli o’rin egallaydi: “bolalik” (1968), “Qo’shiq” (1969), “Mening do’stim” (1971), “tafakkurli inson” diptixi (1979-80), “men insonman” (1981-83), “hovuz bo’yida” (1988), “Kelinchak” (1995), “Sohibqiron Amir Temur” (1995), “yetti iqlim sultoni” (1995), “uchrashuv” (1996), “Zaqiriddin Muhammad Bobur” (1996). U., shuningdek, natyurmortlar (“oy natyurmorti”, “Kushon natyurmorti” va boshqalar), manzaralar (“Bo’zsuv”, “karvon”, “Ipak yo’li xarobalari” va b.) hamda turkumli asarlar (“Jazoir bo’ylab”, 1978; “Surxondaryo”, “Toshkentning 30 ko’rinishi”, 1983 va boshqalar) muallifi. Umarbekov Germaniya (1980, 1986, 1991), Yaponiya (1982, 1995), Kuvayt (1989, 1990), Turkiya (1993), AQSh (1997-2004) va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo’lgan; asarlari bilan respublika va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etadi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzey va to’plamlarda saqpanadi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Oltin medali bilan mukofotlangan (2002). Ad.: Javlon Umarbekov [Katalog|, T., 1996.