Umarov Saidkomil Hamroyevich
Umarov Saidkomil Hamroyevich (1946.2.11, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (2000). “Uzbekfilm” qoshidagi kinoakterlar tayyorlash studiyasini (1970), Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini (1971) tugatgan. “Ajal minorasi” (A.Dyuma) spektaklida aka-uka Gote D’One va Filipp D’onelar uning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. U obraz yaratishda asosiy diqqatni psixologik taxlilga qaratadi. Yaratgan obrazlari badiiy yaxlitligi, qahramonlarining yuqori ma’naviy fazilatlarini, dunyoqarashini, insoniy his-tuyg’ularini nozik his qila bilishi va ta’sirli ifodalay olishi bilan ajralib turadi. Teatrda “Gang daryosining qizi”da Okxo’y, “qaroqchilar”da Karl Moop, Shvars, “Kelinlar qo’zg’oloni”da Hakim, “Sohibqiron”da Sulton boyazid, “Abulfayzxon”da Ulfatsaroy, “Zebunniso”da Roziy, “Otello”da Kassio, “qutlug’qon”da Salimboyvachcha, “Istanbul fojiasi”da Iskandar, “Shayton va Farishta”da Qobil, “bir qadam yo’l”da Shokir, “Sab’ai sayyor” da Moniy kabi rollari bilan tanilgan. Umarov kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Elmurod (“oy borib, omon qayt”), Mirkomil Mirsharopov (“uzoq-yaqin yi lar”), Samandar (“qor ko’ynida Lola”), Gasprinskiy (“Fidoiylar”) va boshqalar shular jumlasidan. Mulla Abdushukur (“Qutlug’ qon”), Navoiy (“Navoiy va Guli”), me’mor Fazliddin (“Bobur”), Miryoqub (“Kecha va kunduz”), Chernishevskiy (“yosh Rossiya”), Elmurod (“o’qituvchi”) kabi rollarni esa televizion videofilmlarda o’ynagan.