Umlaut

Umlaut (nemischa Umlaut — unlini almashtirish) — so’zdagi unlilarning grammatik shakl yasash vositasi sifatida almashinuvi; o’zakdagi orqa qator unlining o’zidan keyingi (asosan, suffiksal) unli ta’sirida old qator unliga aylanishidan iborat fonetik hodisa. Masalan, german tillarida, xususan, nemis tilida a, o, i unlilari o’zakka qo’shiladigan qo’shimchalardagi i tovushi ta’siri ostida yoki ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda, ko’plik shaklini hosil qilishda yumsharib, a, b, i tovushlariga aylanadi: Nutz — foyda, niitzlich — foydali; Buch — kitob, Biicher — kitoblar; alt — keksa, alter — keksaroq; Sohn — o’g’il, Sohne — o’g’illar va boshqalar. “Umlaut” termini germanistikadan tashqari turkiyshunoslikda ham qo’llanadi, chunonchi uyg’ur pilit va o’zbek tilining ayrim (Namangan viloyati) shevalarida Umlaut hodisasi uchraydi. Masalan, uyg’ur tilida at(uy hayvoni)+i = ati va sh.k.