Ummonlar

Ummonlar (Ummon arablari) — xalq. Ummonning asosiy aholisi. 1,5 million kishi (1900-yillar o’rtalari). Shuningdek, Kuvaytda ham yashaydi (100 ming kishi). Arab tilida so’zlashadi. Dindorlari — musulmonlar (Ibodiylar, sunniylar). Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida Ummonning shimoliy qismi yamanlik arablarning Azdiy qabilalari (boshqa nomi — Yamaniylar) tomonidan bosib olingan, milodiy boshlarida esa Shimoliy Arabistonning nizoriy qabilalari Ummonning Janubiy mintaqalariga kelib joylashgan. Shu 2 guruh Ummonlarning etnik asosini tashkil etgan. Asosiy mashg’uloti — sug’orma dehqonchilik, chorvachilik.