Umrdinov Muhiddin

Umrdinov Muhiddin (1912.10.4 Quva tumani Boyiston qishlog’i — 1981.25.5) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Dog’istonning Derbent shahrida yong’indan saklash bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan. 1937-39 yillarda va 1942 yildan armiya safida. 1-Belorussiya fronti, 3-armiyaning 269-diviziyasi, 1022-o’qchi polki komandirining yordamchisi. Belorussiyani ozod etishdagi janglarda qatnashgan. Oryol viloyatining qishloqlarini qo’lga kiritishda ko’rsatgan alohida jasorati uchun Qaxramon unvoni berilgan (1944.4.6). Umrdinov Bixova (Belorussiya) shahrining faxriy fuqarosi. Urushdan so’ng qishlog’iga qaytib, jamoa xo’jaligida ishlagan. Qishloqdagi kucha va maktab uning nomi bilan atalgan.