UNGUT

UNGUT, o’n gut — xalq. Ilk o’rta asrlarda Mo’g’ulistonning Janubiy tumanlarida, Xitoyning shimol chegaralarida yashagan. Ularning umumiy soni 13-asrda 20 ming kishiga yaqin (4 ming uy) bo’lgan. Rashiduddinimt bergan ma’lumotiga kura, Ungutlar turkiy xalklardan bo’lib, keyinchalik mo’g’ullashib ketgan. Mo’g’ul qo’shinlari tarkibida 13-asrda O’rta Osiyo yerlariga kelib o’rnashganlar. Davr o’tishi bilan esa, mahalliy xalqlar tarkibiga qo’shilib, o’z etnik nomlarini unutishgan.