Uolt Disney kim?
Bu zotning ismi-sharifini yer kurrasining barcha go’shalarida bilishadi. Uolt Disney (1901-1966) — asarlari multiplikatsiya tarixida butun boshli davrni tashkil etuvchi amerikalik rejissyor. U ishlab chiqqan chizilgan filmlarni uzluksiz ishlab chiqarish metodi chorak asrdan ko’proq texnikaviy jihatdan takomilning yagona standarti hisoblab kelindi. Bu metod butun film yaratish jarayonini rassomlar katta guruhini ishga jalb etishga va hatto katta asarlar yaratishni shiddatli darajada jadallashtirishga imkon tug’diruvchi bir necha bosqichlarga ajratishga asoslanadi. Qizig’i shundaki, dastlabki kartinalar — “Alisa mo’jizalar mamlakatida” va “Osvald — quvnoq quyoncha” — muallifga omad keltirmaydi, ammo uning yangi personaji — Mikki Maus degan sichqonvoy — birdaniga mashhur bo’lib ketadi. Disney chizilgan filmda asosiysi xatti-harakatlar emas, balki qahramon ruhining timsoli deb hisoblagan. Shu boisdan uning filmlaridagi qahramonlar insonga xos jihatlar — mimika, ovoz, o’ziga xos imo-ishora bilan quvvatlantirilgandir. O’z personajlarini yaratishda filmlar muallifi odatda nafaqat hayvonlarning hatti-harakatlarini ipidan-ignasigacha o’rganishadi, qolaversa “aktyorlar”dan odamzotning turli holatlari — u qanday ko’zyosh to’kishi, kulishi, g’am chekishini “namoyish etish” ni ham iltimos qilishadi. Disney kartinalarini ishlab chiqarish maqsadida 1939 yili maxsus kinostudiya tuzadi. Disneylend — Disney tomonidan Kaliforniyada yaratilgan ulkan bolalar ko’ngilochar parkining mashhurligi ham yaratuvchisinikidan aslo qolishmaydi. Uning o’xshashlari tez orada bir talay mamlakatlarda qad rostladi. Yaqin orada Rossiya ham o’zining mo’jizalar bog’iga ega bo’ladi. O’zbekiston poytaxti Toshkentda bunday bog’ ishga tushganiga bir necha yil bo’ldi.