Ural

Ural (1775 yilgacha yoyiq) Janubiy Ural va Kaspiybo’yi pasttekisligidagi daryo, Rossiya va Qozog’iston hududlarida. Uzunligi 2428 kilometr, havzasining maydoni 237 ming km2. Uraltov tizmasidan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Quyilish joyida 2 tarmoq — yoyiq va Oltin (kema qatnaydigan) tarmoklariga bo’linadi. Asosan, qordan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyi oqimida 400 m3/sekund. Noyabrda muzlab mart—aprelda muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: chapda — or, Ilek; o’ngda — Sakmara. Baliq ovlanadi. Magnitogorsk shahri yaqinida 2 suv ombori, Irikli shaharchasida Irikli GES va suv ombori, Uralsk shahridan (Qozog’iston) quyiroqda Kushum kanali va suv ombori qurilgan. Uralskdan Aterovgacha kema qatnaydi. Ural bo’yida Magnitogorsk, Orsk, Orenburg (Rossiya Federatsiyasi), Aterov va boshqa shaharlar joylashgan.