Uran slyudkalari

Uran slyudkalari – fosfat, arsenat, vanadat sinfining uranli minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi A(UO2)2(XO4)2 pn2o. Bu guruxda 40 ga yaqin mineral bo’lib, eng asosiylari — torbernit va otenit. Asosan, geksagonal singoniyada kristallanadi. Uran slyudkalari sariq, yashil yaproqsimon, ba’zan pushti rangda bo’lib, sadafdek yaltiraydi. Qattiqligi 2-2,5; zichligi 3,0—6,8 g/sm3. Radioaktivli, kislotada oson eriydi. Barcha Uran slyudkalari gipergen mineral bo’lib, uransulfid konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. Uran rudalarining tarkibiy qismi, ularni topishda darakchi hisoblanadi. Konlari: Sentsimforen, Latorsh (Frantsiya), Yaximov (Chexiya) va boshqalar.