Ussuri
Ussuri — Rossiya Federatsiyasi Primore va Xabarovsk o’lkalarining Xitoy bilan bo’lgan chegarasidagi daryo. Amurning o’ng irmog’i. Sixotealin toglaridan boshlanadigan Ulaxe va Daubixe daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Uzunligi 588 kilometr. Ulaxe daryosi bilan birga 897 kilometr. Havzasining maydoni 193 ming km3. Yomg’ir, qor va yer osti suvlaridan tuyinadi. O’rtacha suv sarfi quyi oqimida 1150 m3/ sek., eng ko’p suv sarfi — 10520 m3/sek. Baliq ko’p. Quyilish joyidan 622 kilometr masofada kema qatnaydi. Yuqori oqimida Lesozavodsk shahrigacha yog’och oqiziladi. Ussurining quyilish joyida Xabarovsk shahri joylashgan.