USTA OMONILLA
USTA OMONILLA (19-asr o’rtalari taxminan 1900) — samarqandlik g’ishtkor, ganchkor. Quruvchi usta Jalilning shogirdi. Registondagi barcha me’moriy obidalarni ta’mirlashda qatnashgan. Sherdor madrasaning Janubiy kiraverishidagi qalqonsimon qanosida “usta Omonilla 1313” hijriy (milodiy 1895) yozuvi saqlangan. Samarqanddagi Buxoro ko’chasida joylashgan daha masjidini usta Abdurashid bilan hamkorlikda qurgan. Tosh terish san’ati bilan shuhrat qozongan.