USTARASIT

USTARASIT — mineral. Kimyoviy tarkibi PbBi6S10. Ustarasit tarkibida Bi (60— 65%), Pb(10ll%), Cu(0,3—1,4%), Sb(l,8— 6,8%) va S(17-18%) mavjud. Kristallari prizma shaklida bo’lib, vismutinga o’xshash. Kulrang, metalldek yaltiraydi. Qattiqligi 2,5. Ustarasit vismut, kobellit, kozalit, galenovismutin, vismutin, sheelit va boshqa minerallar bilan assotsiatsiyada uchraydi. Ustarasit kam tarqalgan mineral bo’lib, Piskom tog’laridagi Ustarasoy konida topilgan.