UXTA
UXTA — Komi Respublikasidagi shahar (1943 yildan). Uxta daryosi va uning irmog’i Chibyu bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 103 ming kishi (2002). 1931 yilda barpo qilingan. Neftgaz va neftni qayta ishlash sanoati markazi. Yetakchi korxonasi — neftni qayta ishlash zavodi; mexanika va ta’mirlash-mexanika va boshqa zavodlari; mebel fabrikasi, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bir necha ilmiy tadqiqot intlari, industriya instituti mavjud.