Uzunlik o’lchovlari
Uzunlik o’lchovlari berilgan o’lchamdagi uzunlikni o’lchash uchun xizmat qiladigan vositalar; shtrixli, chekli va shtrixchekli xillarga bo’linadi. Shtrixli Uzunlik o’lchovlari (sterjenlar, lentalar, simlar va boshqalar)ning o’lchamlari ularga belgilangan ikki shtrix oraliqlari bilan, chekli Uzunlik o’lchovlari o’lchashni cheklab turgan sirtlar orasidagi masofa bilan belgilanadi; shtrixchekli Uzunlik o’lchovlari chekli o’lchov bo’lib, unda uzunlik birligining bo’laklariga to’g’ri keluvchi qo’shimcha shtrixlar chizilgan. Shtrixli Uzunlik o’lchovlari nominal qiymati 0,1 millimetrdan o’nlab metrgacha bo’ladi; aniqligi bo’yicha 6 sinfga (0; 1; 2; 3; 4; 5) bo’linadi. Nisbiy xatolygi 0,510-6dan 510~6 gacha oraliqda bo’ladi. Chekli Uzunlik o’lchovlari to’rt sinfga (0; 1; 2; 3) bo’linadi; nisbiy xatolik 210~6 dan 210-5 gacha oraliqda bo’ladi. Shtrixchekli Uzunlik o’lchovlari ko’pincha savdoda gazlama va hokazo tovarlarni o’lchashda ishlatiladi.