Uzunqanotlilar

Uzunqanotlilar (Apodas) — uzunqanotsimonlar turkumiga mansub qushlar kenja turkumi. Oyoqlari kalta, ko’pchilik turlarining barmoklari daraxt shoxlarini changallab tutib turolmaydi. Tirnoklari bilan qoyalar va binolar bo’g’otiga ilashib oladi. Qanotlari kalta va ingichka; tez uchadi, lekin yerda yurolmaydi; yerdan havoga ko’tarila olmaydi. Shuning uchun Uzunqanotlilar yerga qo’nmasdan uchadi. So’lak bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlar suyukligidan in qurishda foydalanadi. Monogam, jish jo’ja ochuvchi. 2 oilasi: popukli Uzunqanotlilar va asl Uzunqanotlilar bor. Popukli Uzunqanotlilarning 3 turi Janubiy Hindistondan boshlab yangi Gvineyagacha bo’lgan hududlarda tarqalgan; boshida oqish popugi (toji) bo’ladi.