Vahobov Abdusoat

Vahobov Abdusoat (1875—Toshkent— 1934) — xalq sozandasi (dutorchi). Ijrochilik faoliyatini 17 yoshida boshlagan. Repertuari boy, xalq kuylari hamda Farg’ona—Toshkent maqom yo’llarini o’z ichiga olgan. Toshkent xalq konservatoriyasi (1919-23) va musiqa texnikumida (1923 yildan) dutor bo’yicha dars bergan. E. Romanovskaya Vahobov ijrosidagi yirik turkum cholg’u asarlar, chunonchi Dugoh Husayniy, Chorgoh, Nasrulloyi, Navo, Ajam, Sarbozcha, Eshvoy, Qurd va boshqalarni yozib olib nashr ettirgan (O’zbek cholg’u muzikasi, 1948).