Vahobov Najmiddin

Vahobov Najmiddin (1940.10.9, Urgut tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Samarqand pedagogika institutining pedagogika va boshlang’ich ta’lim fakultetini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1963 yil Urgut tumanidagi 55-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchiligidan boshlagan. 1976 yildan shu maktabda ilmiy bo’lim mudiri, 1978 yildan direktor. Vahobov maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabda o’quv-tarbiyaviy ishlarni talab darajasiga etkazish, uslubiy ishlarni takomillashtirish va mustahkam, uzluksiz ta’limni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishdi.