VAKAYAMA
VAKAYAMA — Yaponiyadagi shahar va port, Xonsyu orolining Janubi-g’arbida. Vakayama prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 396 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat (baliq konservalash va boshqalar) sanoati, qora metallurgiya, mashinasozlik, to’qimachilik va tikuvchilik korxonalari bor. Lokli buyumlar ishlab chiqariladi. Bog’dorchilik rayoni markazi. Vakayama agrofida mandarin yetishtiriladi. Qadimgi qasr saqlangan.