VAKIL
VAKIL (ar.) — 1) biror kishi, muassasa, tashkilotlarning nomidan ish ko’ruvchi, uning manfaatlarini ko’zlovchi va himoya qiluvchi shaxs. Vakillik – siyosiy tamoyil. Unda inson yoki guruh bir qancha odamlar nomidan faoliyat yuritadi. ―Vakil tushunchasi juda ko’p ma‘nolarda ishlatiladi. Masalan, muayyan bir shaxs to’g’risida o’z millati, kasbi, ijtimoiy guruhi va hokazolarning ―tipik vakili biror mamlakat vakili, davlat rahbari vakili, u yoki by savdo kompaniyasining vakili deyiladi. Siyosiy so’zlashuvda ―vakil, ―vakolatlilik deyilganda biror guruh, partiyalarning muayyan bir shaxsga, tashkilotga, idoraga o’z manfaatlarini hokimiyat tarkibida himoya qilish uchun vakolatlarning berilishi nazarda tutiladi. Alohida olingan har bir individ davlat boshqaruvida bevosita ishtirok eta olmaganligi tufayli, aholining turli qatlamlari manfaatlarini muayyan vakolat va huquq berilgan mahsus vakillar himoya qilishi mumkin. Saylangan vakillar xalq manfaatlarini xalqning o’zidan ko’ra yahshiroq amalga oshirishi va himoya qilishi ehtimol qilingan. Vakolatlilikning qanchalik yuqori ahamiyatga molik bo’lganligini, masalan, D.Medison respublika boshqaruvini vakolatlilik bilan bir narsa, deb baholaganida ko’ramiz. 2) Diplomatik daraja.