Vakuum-filtr

Vakuum-filtr — tarkibida muallaq qattiq zarralari bor suyuqliklar (suspenziyalar)ni tozalaydigan apparat. Filtrlovchi material paxta, jun, asbest yoki shisha gazlamadan tayyorlanadi. Tozalash jarayoni vakuum nasosi hosil qiladigan filtrlovchi qavat usti va ostidagi bosimlar farqi hisobiga sodir bo’ladi. Davriy va uzluksiz ishlaydigan, diskli, lentali, tarelkasimon, karusel va boshqa xillari bor. Vakuum-filtr kimyo sanoati, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda keng ishlatiladi.