Valbjix
Valbjix — Polshaning Janubi- g’arbidagi shahar, Valbjix voevodaligida. Aholisi 141 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Quyi Sileziya toshko’mir havzasining qadimgi markazi, 14-asrdan koks ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (og’ir mashinasozlik, asosan konchilik jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan), kimyo, to’qimachilik, chinni, oyna-shisha sanoati korxonalari bor. Yirik issiqlik elektr stansiyasi qurilgan. Valbjix yaqinida Shchavno-Zdruy tog’ balneologik iqlim kurorti joylashgan. Me’moriy yodgorliklardan yangi Dvur qal’asi (14-asr) qoldiqlari saqlangan. Konchilik muzeyi va boshqalar bor.