Valunlar

Valunlar – muzlik qadimda keltirib tashlangan g`o`la toshlar. Ko`pincha salgina silliqlangan, tirnalgan bo`ladi. Yevropaning va Shimoliy Amerikaning shimoliy va o`rta qismlarida ko`p uchraydi. Ba’zilari katta bo`lib, diametri 10 m ga yetishi va undan ham ortishi mumkin. O`rta Osiyoda tog`larning baland yerlarida uchraydi. Valunlar qishloq xo`jaligi ishlariga xalaqit beradi.