VALYUTA KLIRINGI

VALYUTA KLIRINGI – ikki yoki bir necha mamlakat o’rtasida tashqi savdo bo’yicha hisob-kitoblar va boshqa shakllardagi iqtisodiy munosabatlar usuli. Kliring qatnashchilari bo’lgan davlatlar o’rtasida tuziladigan xalqaro to’lovlar bitimlari asosida belgilanadi. Xalqaro to’lov bitimlarida quyidagilar nazarda tutiladi: 1) Kliring hisob-kitoblari tizimi va ularni yuritishga vakolat bergan banklar; 2) Kliring hajmi, ya’ni yetkazib berilishi kliring bo’yicha to’lanadigan tovarlar yoki xizmatlar guruhlari; 3) Kliring valyutasi, ya’ni o’zaro talablarni hisobga olish o’tkaziladigan va qarzdorlik saldosi belgilanadigan valyuta; 4) Texnik kredit hajmi, qarzdor mamlakat Hiring saldosi bo’yicha shu chegarada boshqa mamlakatga foizlarni to’lamaydi; 5) To’lovlami baravarlashtirish va saldoni uzil-kesil qoplash tizimi. Saldoni qoplash usuli bo’yicha kliringlar quyidagicha bo’lishi mumkin: boshqa (konvertatsiyalanadigan) valyutaga erkin konversiyalanadigan; cheklangan miqdorda konversiyalanadigan; konversiyalash huquqiga ega bo’lmagan. Valyuta kliringi mamlakatlar yoki ulardan biri o’zaro hisob-kitoblarni ta’minlash uchun konvertatsiyalangan valyutaga ega bo’lmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Ikki yoki ko’p tomonlama asosda rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan keng qo’llanadi. Hozirgi sharoitlarda o’tkaziladigan rubllarda ko’p tomonlama hisob-kitoblar tizimi tugatilishi va avval SSSR subyektlari bo’lgan bir qancha mustaqil davlatlar tashkil etilishi va ularda konvertatsiyalanadigan valyuta yo’qligi munosabati bilan bu mamlakatlarning o’zaro, awalgi sotsialistik lager mamlakatlari va jahonning boshqa mamlakatlari bilan hisob-kitoblari uchun valyuta kliringidan keng foydalanish zarurati vujudga keladi.