Van Eyk (van Eyck) Yan
Van Eyk (van Eyck) Yan [taxminan 1390, Maaseyk (?), Limburg -1441.9.7 da dafn etilgan, Bryugge] — niderland rassomi, Niderlandiya ilk Uyg’onish davri san’ati asoschisi. Altar uchun ishlangan mahobatli liniy mavzudagi mujassamotlar Van Eyk ijodining cho’qqisidir; o’zidan oldingi rassomlarning yutuqlarini rivojlantirdi va boyitdi, an’anaviy sahnalarni mavjud olamning ulug’vor va go’zal tasviriga aylantirdi: “Gent Altari” poliptixi (Gentdagi Avliyo Bavon soborida), “kantsler Rolen Bibi Maryami” (taxminan 1436, Luvrda, Parij) va boshqa Yevropa rangtasvirida yirik portretchilardan bo’lgan Van Eyk ijodida portret alohida janrga aylandi, ko’krakkacha, yarim burilgan holatdagi portret turi asoschilaridan (“Timofey”, 1432; “Qizil bosh kiyimdagi kishi”, 1433; “Er-xotin Arnolfinlar portreti”, 1434; “rassomning rafiqasi Margarita van EYK”, 1439 va boshqalar). Van Eyk ijodi o’zidan keyingi san’atkorlar (masalan, Italiyada Antonello da Messina va boshqalar)ga kuchli ta’sir ko’rsatgan.